ADOLAT 24

Barcha tadbirkorlik subyektlari diqqatiga!

Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi quyidagi mezonlar asosida stendlarni va Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining audio kitobini tayyorlash va xarid qilish boʻyicha

TANLOV EʼLON QILADI:

* mazkur stendlarni va audio kitobni tayyorlashda tasvirlarni yaratish bo‘yicha dizayn (audio kitob uchun diskka ovoz yozish) xizmati oʻz ichiga olinishi shart!

Eslatma! Jadvalda koʻrsatilgan mahsulotlar uchun tanlov joriy yilning 6-iyun kuni soat 15:00 da partiyaning Markaziy apparati binosida boʻlib oʻtadi.

Tijorat takliflarida moddiy boyliklarni ishlab chiqarishning eng qisqa muddatlari koʻrsatilishi shart. Sifati talabga mos kelmagan va sifat komissiyasi qabul qilmagan mahsulotlar uchun hamda dizayn xizmati uchun (mazkur tanlov gʻolibidan tashqari) pul toʻlanmaydi.

Tanlovda ishtirok etishni istagan tadbirkorlar tijorat takliflarini “Adolat” SDP Markaziy apparati binosida joylashgan tanlov komissiyasiga joriy yilning 5-iyun kuni soat 18:00 gacha muhrlangan konvertlarda topshirilishi shart. 

Moliyalashtirish manbai: byudjetdan tashqari mablagʻlar, kelgusida mablagʻlarning sarflanishi boʻyicha Hisob palatasining tekshiruvi boʻlib oʻtishi belgilangan.

Buyurtmachi tomonidan tayyorlanadigan stendlar va audio kitoblar soni va oʻlchami oʻzgarishi mumkin!

Tanlov vaqtida quyidagi daʼvogarlarning tanlov komissiyasi tomonidan takliflari koʻrib chiqilmaydi va ishtirok etishlariga yoʻl quyilmaydi. 

– qayta tashkil etish, tugatilish yoki bankrotlik bosqichida boʻlgan;

– barcha zarur hujjatlarni belgilangan muddatda taqdim etmagan; 

– ilgari tuzilgan shartnoma (bitim)lar boʻyicha qabul qilingan majburiyatlarni zarur darajada bajarmagan;

– tanlov eʼlon qilingunga qadar taʼsis etilganiga 6 oy boʻlmagan;

– buyurtmachi bilan sud yoki hakamlik muhokamasida ishi koʻrib chiqilayotgan.

Eslatma! Tijorat takliflari bilan birga tadbirkorlik subyektining davlat roʻyxatiga olinganligi haqidagi litsenziya yoki guvohnomalari rahbar tomonidan tasdiqlanib, muhrlangan konvertga solingan yopiq holatda, tadbirkorlik subyektining yuridik manzili, telefon raqamlari koʻrsatilib, “Adolat” SDP Markaziy apparatiga taqdim etilishi shart. Tijorat takliflari konvertga solinib muhrlangan yopiq holatda taqdim etilmasa litsenziya yoki guvohnomalari tadbirkorlik subyekti rahbari tomonidan tasdiqlanmasdan shuningdek, tadbirkorlik subyektining yuridik manzili, telefon raqamlari koʻrsatilmagan holda taqdim etilgan tijorat takliflari tanlov komissiyasiga kiritilmaydi. 

Muqaddam sifatsiz mahsulotlarni yetkazib bergan va shartnomada belgilangan majburiyatlarni bajarmaganligi oqibatida “Buyurtmachi”larda yomon taassurot qoldirgan tadbirkorlar tanlov komissiyasiga kiritilmaydi. 

Murojaat uchun: (71) 288 42 08 (111),

(93) 202 14 04, (91) 265 93 96.

Komissiya kotibi K.Mirzabayev

Tegishli xabarlar

Қардош икки миллат дўстлиги абадийдир

admin

Янгиланишлар йўлида янги қадам

admin

Янги давр учун янги ғоя ва янги ташаббуслар керак!

admin